
Nazorat AI
Banklarda yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlarni sun'iy intellekt yordamida monitoring qilish platformasi loyihasi
Muammolar
Banklarda yuridik shaxslar kreditlarini monitoring qilish jarayoni asosan qo'lda, Excel va Word fayllarda shakllantirilgan ma’lumotlarga tayanadi. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini monitoring qilish bo'yicha avtomatlashtirilgan tizim mavjud emas.
Kredit portfeli hajmi katta, lekin yagona risk xaritasi mavjud emas
- •Yirik ishlab chiqarish loyihalari turli tarmoqlar (Issiqxona xo'jaliklari, klaster, tekstil, oziq-ovqat, qurilish, xizmat ko'rsatish va h.k.)ga bo'lingan;
- •Tarmoqlar kesimida konsentratsiya riski, eksportga/valyutaga bog'liqlik, xomashyo va bozor risklari tizimli ko'rinishda baholanmaydi;
- •Yashil/sariq/qizil toifalash amalda mavjud, lekin ularning metodologiyasi to'liq raqamlashtirilmagan va real vaqt rejimida yangilanmaydi.
Jarayonlar to'liq avtomatlashtirilmagan
- •Monitoring dalolatnomalari Word yoki Excel'da yozma ravishda to'ldiriladi.
- •Foto/video materiallar alohida jpeg/pdf holatda BXMlardan keladi, markaziy tizimga bog‘lanmaydi.
- •Har chorak/yarim yillik monitoringda xodimning ko'p vaqti ya'ni resursi sarflanadi, lekin natijada olingan ma’lumotlar tizimli bazada shakllantirilmaydi.
Favqulodda monitoring (45+ kun sariq toifa) subyektiv va kechikkan
- •45 kundan ortiq kechikish bo'lganda favqulodda monitoring talab qilinadi.
- •Signallar ko'pincha kech paydo bo'ladi, tahlilda 'inson omili' yuqori.
Ma'lumot manbalari integratsiyalashmagan, yagona platforma yo'q
- •BXMlar tomonidan mijozlar ma'lumotlarini (eksportyor korxonalar, ishchi o'rin hisobotlari, ishga tushmagan loyihalar va h.k.) shakllantirishda, stat.uz, Soliq servis, iABS va shu kabi manbalardan foyalanadi.
- •CRM, Data Warehouse, Power BI kabi markazlashtirilgan yechimlar ishlatilmaydi.
- •Natijada, takroriy ma'lumotlar kiritishda xatoliklar yuzaga keladi. Ma'lumotlarning shaffofligi va aniqligini tekshrish qiyinlashadi.
Geo-analitika va avtomatik hisobotlar yo'qligi
- •Hozirda korxona faoliyatini joyida vizual nazorat (satellite, kamera) qiladigan tizim mavjud emas.
- •Hududlar bo‘yicha risk xaritasi (viloyat/tuman/tarmoq kesimida) avtomatik shakllantirilmaydi.
Kredit monitoringidagi asosiy tizimli muammolar
- •Monitoring jarayonlari xodimlar tomonidan asosan Excel va Word dasturlari orqali amalga oshiriladi, bank miqyosida yagona integratsiyalashgan tizim yo'qligi.
- •Bank rahbariyati uchun yirik loyihalarning moliyaviy ko‘rsatkichlari va ishlab chiqarish jarayonlarini muntazam nazorat qilish, shuningdek muammoli kreditlarni avtomatik aniqlash imkonini beradigan sun’iy intellekt (AI) tizimi hozirda mavjud emasligi.
Yechimlar
Nazorat AI – bu bank axborot tizimlaridan (iABS, Soliq, stat.uz va boshqalar) ma’lumotlarni yagona bazaga jamlab, ularni o‘zaro integratsiya qilgan holda sun’iy intellekt yordamida tadbirkorlik subyektlarini monitoring qiladigan platforma. Tizim mijozlarni yashil/sariq/qizil toifalarga avtomatik ajratadi, potensial muammoli loyihalarni erta aniqlaydi hamda bank rahbariyati uchun real vaqtga yaqin dashboard va standart hisobotlarni shakllantirib beradi.
AI asosida 'sektor + risk xaritasi'
- •Har bir mijoz uchun 'raqamli profil' (tarmoq, eksport ulushi, ish o‘rinlari, soliq tushumlari) yaratiladi.
- •AI model tarmoqlar bo'yicha asosiy risk indikatorlarini (pul tushumi, ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi) avtomatik hisoblaydi.
- •Sektorlar (qaysi tarmoqda qancha kredit mavjudligi, qancha NPL mavjudligi) bo'yicha risk xaritasi real vaqtda ko'rinadi.
Raqamli monitoring platformasi
- •Har bir qarzdor uchun veb-interfeys yoki mobil ilova orqali to‘ldiriladigan standartlangan elektron monitoring formasi joriy etiladi.
- •Foto/video, hujjatlar, geolokatsiya bir xil platformaga yuklanadi.
- •AI yordamida obyekt ishlayotgan/ishlamayotganligi avtomatik aniqlanadi.
Early Warning System (EWS)
- •AI modeli 5–10 kun ichida kechikish ehtimoli yuqori bo‘lgan mijozlar bo'yicha avtomatik signal beradi.
- •Shuningdek, oylik tushumlari 15-20% dan ortiq kamaygan mijozlar bo'yicha
- •Tranzaksiyalar soni/aylanmalari keskin pasaygan holatlar bo'yicha
Data Warehouse va integratsiya qatlami
- •Kredit Monitoring DWH yaratiladi.
- •iABS, Soliq servis, stat.uz va BXM monitoring dalolatnomalaridan ma'lumotlar shakllantiriladi.
- •Har bir mijoz uchun yagona profil shakllantiriladi.
Geo-analitika va vizual monitoring moduli
- •Korxona manzillari kartaga tushiriladi, yagona tizimga bog'lanadi.
- •AI yordamida sun'iy yo'ldosh tasvirlaridan bino qurilishi, ishlab chiqarish maydoni kengayishi aniqlanadi.
- •Geo-dashbordda viloyatlar kesimida portfel hajmi, NPL darajasi va xavf signallari (tushum pasayishi, kechikishlar, ishlab chiqarish to‘xtashi) ko'rsatiladi.
Rolga asoslangan veb-platforma
- •Rolga asoslangan veb-platforma – bosh ofis va BXMlar uchun yagona ishchi tizim yaratiladi.
- •Xodimlar mehnati va ish haqi fondi optimallashtiriladi.
- •Bankdagi barcha loyihalar bo‘yicha ma’lumotlar yagona platformaga jamlanadi. Sun’iy intellekt ushbu ma’lumotlarni tahlil qilib, mijozlarni toifalarga avtomatik ajratadi.
Bizning jamoa
Tajribali mutaxassislar jamoasi


Afzalliklarimiz
Nega aynan biz?
Bank sohasida amaliy tajriba
Bank sohasida tadbirkorlik subyektlarini monitoring qilish bo'yicha 4 yildan ortiq amaliy tajribaga ega mutaxassislar jamoasiga egamiz.
Tajribali IT mutaxassislar
ERP, CRM, KPI va boshqa korporativ axborot tizimlarini joriy etish va ularni bank tizimlari bilan integratsiya qilishda ishtirok etgan tajribali IT mutaxassislarimiz mavjud.
Aniq konsepsiya va yo'l xaritasi
Banklarda qo'lda bajariladigan monitoring jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish va sun'iy intellekt asosida avtomatlashtirishga qaratilgan aniq konsepsiya va yo'l xaritasini ishlab chiqqanmiz.
Real vaqtda qarorlarni qo'llab-quvvatlash
Sun'iy intellekt, ma'lumotlar ombori va analitik dashboardlar asosida bank rahbariyatiga real vaqtga yaqin, faktlarga asoslangan qaror qabul qilishni qo'llab-quvvatlovchi yechimni taklif etamiz.
Yo'l xaritasi
Biz Nazorat AI'ni oddiy demo emas, ishlaydigan prototip darajasiga olib chiqdik. Endi maqsadimiz – banklar bilan pilotga tayyor MVP va keyinchalik to'liq integratsiyalangan tizimga o'tish.
Maqsad: O'zbekiston banklarida kredit monitoringini raqamlashtirish standartiga aylantirish
Texnologiyalar
Zamonaviy texnologiya steki
Python (Django)
Backend va REST API
TypeScript + Next.js
Frontend framework
PostgreSQL + PostGIS
Ma'lumotlar bazasi va geolokatsiya
OpenAI / Claude / Gemini
AI modellar integratsiyasi
pgvector (PostgreSQL)
RAG/LLM uchun vektor saqlash
Docker + Nginx
Konteynerlashtirish va deploy
n8n
Workflow avtomatizatsiya
Excel/PDF/PPT
Hisobot generatsiyasi
GPS modul
Geolokatsiya xizmati
